Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda 45 ta korxonaning QQSdan mavjud 17,8 milliard soʻm ortiqcha mablagʻlari qaytarildi
10:15 / 2020-10-09

Korxonalarga biriktirilgan davlat soliq organlari xodimlari yordami bilan 24 ta ariza yuborildi. 22 tasining hisob raqamiga 12,6 milliard soʻm mablagʻlar qaytarib berildi.


Buxoro viloyati davlat soliq organlari xodimlari hududda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda byudjet tushumlari barqarorligini taʼminlash maqsadida biznes subyektlariga har tomonlama koʻmak berilmoqda.

Viloyatdagi QQS (qoʻshilgan qiymat soligʻi) toʻlovchilarning mavjud ortiqcha mablagʻlarini qaytarishga koʻmaklashish maqsadida boshqarmaning “Qoʻshilgan qiymat soligʻi maʼmurchiligi” boʻlimining 11 nafar xodimlari QQSdan ortiqcha toʻlovi mavjud barcha korxonaning shaxsiy kabinetlariga belgilangan tartibda xabarnoma joʻnatishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi “Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq jami 141 ta korxonadan 48,9 milliard soʻmlik QQSdan mavjud ortiqcha mablagʻlarni qaytarish yuzasidan arizalar qabul qilindi.

Korxonalarga biriktirilgan davlat soliq organlari xodimlari yordami bilan 24 ta ariza yuborildi. 22 tasining hisob raqamiga 12,6 milliard soʻm mablagʻlar qaytarib berildi.

– Kogon tumanidagi “Kogon teks” korxonasi qoʻshilgan qiymat soligʻidan mavjud 966,5 million soʻm ortiqcha toʻlovini qaytarish boʻyicha murojaat qildi, – deydi viloyat DSB masʼul xodimi Bahodir Qudratov. – Korxonaning hisobotlardagi tegishli kamchiliklarini tuzatishda amaliy yordam berildi va hisob raqamiga 500 million soʻm mablagʻ qaytarildi.

Ilgari eksportyor korxonalar QQSdan mavjud ortiqcha mablagʻni qaytarib olish uchun viloyat davlat soliq boshqarmasi va davlat soliq qoʻmitasi oʻrtasida toʻrt besh martalab qatnashga majbur boʻlardi.

Jondor tumanidagi eksportyor korxona hisoblangan “Global Mega tekstil” MCHJ ham pulini qaytarib olishda turli qiyinchiliklarga duch kelgandi. Endilikda, esa korxona oʻziga biriktirilgan davlat soliq xizmati xodimi yordamida kerakli hujjatlarni rasmiylashtirdi. QQSdan mavjud ortiqcha mablagʻini bor yoʻgʻi 2 kunda qaytarib oldi.

Raqamlar bilan aytganda, ayni paytga qadar viloyatdagi 129 ta eksportyor korxonalarning bugungi kunga qadar 36 tasidan 16,4 milliard soʻmlik ariza kelib tushgan. Shundan, 35 tasining 15,6 milliard soʻmlik ortiqcha mablagʻi qaytarib berildi.

Shuningdek, viloyat davlat soliq organlari xodimlari tomonidan 16 ta eksportyor korxona vakillariga 20,3 milliard soʻmlik ortiqcha toʻlovni qaytarib olish imkoniyati mavjudligi hamda arizalarni yuborish tartibi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.