English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda 4 milliard so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi
14:17 / 2025-10-06

Bugungi kunda tabiiy resurslardan samarali va qonuniy foydalanish masalasi juda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, energiya resurslarini tejash va ulardan adolatli foydalanish yuzasidan nazoratni kuchaytirish muhim hisoblanadi.

Shu maqsadda tegishli idoralar tomonidan doimiy ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazilib, qoidabuzarlik holatlariga tezkor chora ko‘rilmoqda. Xususan, Buxoro shahrida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir natijalariga ko‘ra, 4,5 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan qog‘oz ishlab chiqarish sexi aniqlandi.

Mazkur  “B.Ye.” MCHJga qarashli qog‘oz ishlab chiqarish sexining noqonuniy harakati gaz ta’minoti korxonasiga 4 milliard 524 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

"O‘zenergoinspeksiya" mutasaddilarining ta’kidlashicha, bunday holatlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilib, tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat yanada kuchaytiriladi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA