Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda 25 nafar bemor tuzaldi, ular orasida Qirgʻiziston respublikasi fuqarolari ham bor
14:40 / 2020-05-01

Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 25 nafar bemor toʻliq sogʻaydi.


Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 25 nafar bemor toʻliq sogʻaydi. Ular reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 22 nafari Rossiyadan, 1 nafar esa Turkiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.

Tuzalganlar orasida Qirgʻiziston Respublikasining 2 nafar fuqarosi ham bor. Ularning eng yoshi kattasi 55 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 15 yosh.

Buxoro viloyati boʻyicha shu paytga qadar 300 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 325 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 1159 nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.