Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda 2021 yilda 15 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqi tiklangan
18:11 / 2022-01-19

Bu haqida Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.

ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan sessiyada viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari, shahar va tumanlar hokimlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 
Sessiyada 2021 yilda qonuniylik va jinoyatchilikka qarshi kurashishning holati to‘g‘risida viloyat prokurori Mahmud Istamovning hisoboti eshitildi. 

Ta’kidlanishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Qonunlarning ijro etilishi ahvoli yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda tizimli kamchiliklarni oldini olish hamda aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish borasida 7 ming 800 dan ziyod prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilgan. 

Protest keltirish orqali mansabdor shaxslarning 2 mingdan ortiq noqonuniy huquqiy hujjatlari qonun talabiga muvofiqlashtirilib, kiritilgan 1 ming 108 ta taqdimnoma muhokamasida qonun buzilishlarni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etilgan. Nazorat tadbirlarida 15 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan. 

Prokuror tekshiruvlari va jinoyat ishlari tergovi davomida 35 milliard 358 million so‘mlik zarar undirilgan. 1 ming 700 nafar mansabdor shaxslar intizomiy va 857 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 2 ming 429 nafar shaxs qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida rasman ogohlantirilgan. Aholini ijtimoiy himoya qilish haqidagi qonunlar ijrosi yuzasidan 108 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan. Qo‘llanilgan 856 ta prokuror nazorati hujjatlari shuningdek, hamkorlikda o‘tkazilgan 124 ta mehnat yarmarkalari natijasida 6 mingdan ortiq fuqaro ishga joylashtirilgan. Yoshlar va xotin-qizlar huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan 26 ta o‘rganishlar natijasida 14 nafar yoshlarning va 221 nafar ayollarning buzilgan huquqlari tiklangan. 
 

Zarif Komilov, O‘zA