English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda 20 ming tonnagacha omuxta yem ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi
11:55 / 2023-07-31

Buxoro viloyatida chorvadorlarni arzon yem mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida "BUXORO QORAKO'L KLASTER" MCHJ tomonidan 700 million so‘mlik yirik va mayda shoxli mollarni oziqlantirishga mo‘ljallangan donador omuxta yem ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi.

Ayni kunlarda kompleks binosining qurilish-montaj ishlari yakunlanish arafasida bo‘lib, tom qismini yopish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Shuningdek, bugungi kunda mahsulot ishlab chiqarish boshlangan. Ushbu donador omuxta yem ishlab chiqarish loyihasi ishga tushishi orqali  kuniga 10 tonnadan 20 tonnagacha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.    

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA