Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda 1,6 milliard so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘rincha ishlatilgan
12:14 / 2026-01-13

So‘nggi yillarda elektr energiyasidan samarali va qonuniy foydalanishni ta’minlash, noqonuniy ulanishlar va yashirin iste’mol holatlarini bartaraf etishga qaratilgan nazorat tadbirlari tizimli ravishda kuchaytirilmoqda.

Bu yo‘nalishda vakolatli idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan tekshiruvlar davlat manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy zararlarning oldini olish hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Buxoro viloyatida olib borilgan navbatdagi nazorat tadbiri davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Xususan, “O‘zenergoinspeksiya”ning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvda Buxoro shahrida joylashgan “M.” MCHJga qarashli farmatsevtika ob’ektining elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan qonun talablariga zid ravishda foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Inspeksiya axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga jami 1 milliard 695 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA