Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda 15 mingdan ortiq tibbiyot xodimi faoliyat yuritmoqda
17:19 / 2020-04-09

Viloyatda jami uy karantiniga olinganlar soni esa 2823 nafar boʻlib, ularning oila aʼzolari 8945 nafarni tashkil etadi.


Koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha Buxoro viloyati shtabining maʼlumotlariga koʻra, yurtimizda karantin eʼlon qilingan kundan buyon viloyatda jami 9931 nafar fuqaro karantinga olingan. Joriy yilning 8-aprel holatida, 8634 nafari karantindan chiqarilgan. Ayni paytda karantinda turganlar 1297 nafar.

Viloyatda jami uy karantiniga olinganlar soni esa 2823 nafar boʻlib, ularning oila aʼzolari 8945 nafarni tashkil etadi.

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining bildirishicha, shahar va tumanlarda 14 ta tibbiyot muassasalarida, shuningdek, xorijdan qaytib kelgan fuqarolar uchun observatsiya karantin oʻrinlari shakllantirildi. Ushbu oʻrinlar yaʼni maxsus karantin punktlari viloyat kardiologiya dispanseri, viloyat koʻz kasalliklari shifoxonasi, “Joʻyzar” sanatoriyasi, viloyat bolalar fiziatriya sihatgohi hamda shahardagi Varaxsha, Grand, Turon mehmonxonalarda tashkil etildi. Viloyatda 1254 ta maxsus oʻrinlar yaratildi va kerakli miqdorda dori-darmon, tibbiy vositalar bilan taʼminlandi.

Hozir kunda viloyatdagi kasalxona va maxsus karantin punktlarida 834 nafar fuqarolar karantinga olingan.

Karantin sharoitida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun 15 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari faoliyat olib bormoqda. Ularning 500 nafari karantinga olingan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatmoqda.

Bundan tashqari viloyatda tashkil etilgan 122 ta dezinfeksiya guruhlari tomonidan 36 mingtaga yaqin obyekt dezinfeksiya qilindi.

Viloyat “Dori-darmon“ MCHJ omborxonasida 2740 dona spirt, 120170 dona maska, 39530 dona qoʻlqop hamda 1666 kg perekis-vodorod, 17849,5 kg gipoxlorid kalsiy mavjud.