Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda 1 ming 283 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi
17:26 / 2022-07-30

Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida boshqarma boshlig‘i Murodjon Umarov bu haqida ma’lum qildi.

Anjumanda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari jurnalist, bloger,  mahalliy davlat hokimiyati organlari va viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalarning axborot xizmatlari rahbarlari qatnashdi. 

Ta’kidlanishicha, joriy yilning birinchi yarim yilligida   1 ming 376 ta davlat ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan. 144 ta holat yuzasidan 364,932 million so‘m tabiatga yetkazilgan zarar undirilgan. Shundan atmosfera havosini muhofaza qilish yo‘nalishida 262 nafar huquqbuzarlarga nisbatan 64,155 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilgan. 

[gallery-8085]

Suv resurslari yo‘nalishida 95 nafar huquqbuzarlarga nisbatan 42,390 million so‘m, chiqindilarni nazorat qilish yo‘nalishida 576 nafar huquqbuzarlarga nisbatan 216,675 million so‘m ma’muriy jarimalar undirilgan. 

Yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish, bioxilmaxillik va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar yo‘nalishida ham huquqbuzurlarga nisbatan  tegishli tartibda chora ko‘rilgan.

 O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt kesilishi bilan bog‘liq 84 ta qonun buzulish holatlari aniqlangan. 205 ta mevali hamda manzarali daraxtlar kesilgan, shikastlangan va zarar yetkazilganligi uchun huqubuzarlarga nisbatan 113 million 400 ming so‘m jarima hamda 98 million 923 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.

Saksovul butalarini kesish, sindirish bilan bog‘liq 28 ta  qonun buzulish holatlari aniqlanib, 37 million 800 ming so‘m jarima qo‘llanilgan hamda 33 million 717 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan. Boshqa butalar ya’ni qandim, yulg‘un, cherkiz butalarini sindirish bilan bog‘liq  29 ta qonunbuzulish holati aniqlanib, 33 million 750 ming so‘m jarima qo‘llanilgan hamda 3 million 100 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar  hisoblangan.

Ov qilish bilan bog‘liq  32 ta qonun buzulish holati bo‘yicha huquqbuzarlarga nisbatan 44 million 550 ming so‘m jarima hamda 8 million 343 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan. Shuningdek, Baliq ovlash bilan bog‘liq 31 ta holat aniqlangan bo‘lib huqubuzarlarga nisbatan 43 million 200 ming so‘m jarima hamda 6 million 840 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.

 Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga soha xodimlari tomonidan batafsil javob berildi.  

Zarif Komilov, 
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA