Buxoro yurt polvonlarini jamlamoqda
Joriy yilning 3-6 dekabr kunlari Buxoro shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi.
Bugun, 3 dekabr kuni musobaqa oldidan hakamlar va bahslarda ishtirok etayotgan jamoa vakillari uchun mandat komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi. O‘zbekiston kurash federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bahslar jamoaviy va yakkalik bellashuvlari tarzda bo‘lib o‘tadi.
Kubok musobaqasining dasturiga binoan har bir jamoa tarkibi 9 nafar sportchidan iborat. 5 nafar erkak, 4 nafar ayol kurashchi.
O‘zbekiston kubogi bahslarida erkaklar 60, 66, 73, 90 va +90 kilogramm vazn toifalarida bellashsa, xotin-qizlar 57 kg, 63 kg, 70 kg va +70 kg vaznda gilamga chiqishadi.
Musobaqa 6 dekabrga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA