Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro xalqaro tadbirga mezbonlik qilmoqda
15:18 / 2025-10-15

Ko‘hna va boqiy Buxoroda Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA) shafeligida va O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tashabbusi bilan talabalar (o‘g‘il va qiz bolalar) o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati boshlandi.

Bellashuvlar “Universal” sport majmuasi zalida o‘tkaziladi. Buxoroda ilk bor tashkil etilayotgan nufuzli musobaqada mamlakatimiz va Markaziy Osiyoning eng kuchli 16 jamoasi g‘oliblik uchun bellashadi. Ular nafaqat o‘z mamlakatlarining, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining sport salohiyatini namoyon etadi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. 

Ta’kidlanganidek, bu chempionat nafaqat sport sohasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning ifodasi, balki qo‘shni davlatlar yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamdir.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.