Buxoro vohasida nikoh to‘yi va u bilan bog‘liq marosimlar
Xosiyat Ravshanovna NAFIDDINOVA Tarix fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Buxoro davlat Universiteti Buxoro, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada Buxoro vohasiga xos ko‘plab urf-odat va an’analarni o‘zida mujassam etgan nikoh to‘yi marosimlarining o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Nikoh marosimlarining shartli ravishda tarkibiy jihatdan bo‘linishi, ularning har biri yana ko‘plab urf-odatlarni o‘z ichiga olishi haqida mulohaza yuritilgan.
Tayanch so‘zlar: etnografik belgi, marosim, urf-odat, nikoh, sovchilik, эндогамия, to‘y, non sindirish, “shirinxo‘ri”, “oqliq”, “padar oshi”, “jomapo‘shon”.