French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyatida quvvati 270 megavattli issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi
17:28 / 2022-01-04

Bu haqida Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi yil arafasida  Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatida qurilgan ushbu quvvat foydalanishga topshirildi.

Hozirda mazkur stansiyani O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga ulash bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotir. Stansiya yaqin 2-3 kun ichida tarmoqqa quvvat uzatishni boshlaydi.

Ushbu issiqlik elektr stansiyasi Buxoro viloyatida birinchisi hisoblanadi. Stansiya yiliga 2,2 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Loyiha qurilmalarining foydali ish koefitsiyentining yuqoriligi hisobiga yillik 260 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gazga qo‘shimcha 900 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi, buning natijasida (ushbu 900 million kilovatt-soat elektr energiyasi bilan) 450 ming xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Qurilish davomida 500 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritgan bo‘lsa, loyiha ishga tushishi natijasida tumanda 100 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu investitsiya loyihasi Prezidentimizning 2021 yil 4 martdagi qaroriga muvofiq davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirildi.

 

Nasiba Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA