Buxoro viloyatida qurilayotgan shamol elektr stansiyalar uchun Xitoydan turbinalar olib kelinmoqda
Avval xabar qilinganidek, Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.
Shamol elektr stansiyalar uchun Xitoydan shamol generator va turbinalar maxsus transport vositalari orqali olib kelinmoqda.
Xitoyning “Envision” kompaniyasi tomonidan ushbu stansiyalar uchun 158 ta turbina yetkazib beriladi.

Mazkur elektr stansiyalar 2024 yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, stansiyalar to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 3,6 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 1,1 milliard metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va atmosferaga 1 million tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yirik loyihalar Prezidentimizning 2021 yil 23 fevraldagi qarorlari asosida amalga oshirilmoqda.
O‘zA