English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
16:09 / 2025-07-30

Buxoro viloyati Romitan tumaniga qarashli Gazli shaharchasida 30 iyun – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda o‘zbek, qozoq, turkman, tatar, tojik, rus va boshqa millat vakillari bir oila a’zolaridek istiqomat qilib kelayotgan shahar aholisi vakillari bir maqsad yo‘lida jam bo‘ldi. 

Tuman Kengashi deputati, viloyat qozoq milliy madaniy markazi rahbari Xazna Kolbayeva tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda shahardagi 17-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi hamda Romitan tumani madaniyat bo‘limi ijodiy jamoalari ishtirokida konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

***

Mamlakatimizda 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar, muloqotlar ko‘p millatli qorovulbozorliklarni ham yagona maqsad sari birlashtirdi. Sana munosabati bilan “Do‘stlik festivali” doirasida tumandagi “Yoshlar bog‘i”da tadbir tashkil etildi.

Dastlab, turli millat vakillarining milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tuman hokimi O‘tkir Hamroyev turli millat vakillarining milliy dasturxonidan o‘rin olgan taomlari bilan tanishdi. 

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan yasalgan hunarmandchilik ishlari hamda kitoblar ko‘rgazmasi ham namoyish qilindi.

***

Buxoro shahridagi “Buxoro” oromgohida “Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, millatlararo totuvlik va ahillik g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirish maqsadida tashkil etildi. 

Viloyatdagi mavjud milliy madaniy markazlar a’zolari hamda oromgohda dam olayotgan yoshlar ishtirokida milliy raqslar, kuy-qo‘shiq va badiiy chiqishlar o‘zaro hurmat va birdamlikni namoyon etdi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.