Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
16:46 / 2024-12-30

-

Zamonaviy bolalar o‘yingohi ochildi

Yangi yil bayrami arafasida Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida “Sardoba” zamonaviy bolalar o‘yingohi o‘z ish faoliyatini boshladi.

O‘yingohning ochilish marosimida tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Ochilish marosimida tuman hokimi O‘tkir Hamroyev so‘zga chiqib, Yangi yil bayrami bilan barchani tabrikladi.

Tadbirkor Jahongir Akbarov rahbarligidagi “Femida Market” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 500 million so‘m bo‘lgan mazkur o‘yingohning ishga tushishi natijasida 5 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.  

Churuq ovulida yangi yil bayrami

Viloyati Shofirkon tumani markazidan 110 kilometr uzoqlikda, Qizilqum kengliklari bag‘ridagi Churuq ovulida bugunga kelib qozoq millatiga mansub 42 ta xonadon va jami 270 nafarga yaqin aholi istiqomat qilmoqda.

Yangi yil bayrami arafasida tuman hokimligi mutasaddilari har yilgi odatga ko‘ra, Churuq ovulida bo‘ldi. Ovul markazida bezatilgan archa atrofida 50 nafarga yaqin jajji o‘g‘il-qizga bayram sovg‘alari tarqatildi.  

Shu kungi tadbirda ovulliklarning bayramni ko‘ngildagidek o‘tkazishlari uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarka aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan asosiy mahsulotlarni qulay narxlarda sotib olish imkonini berdi.  

“G‘ijduvon tajribasi” samara bermoqda

Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Botir Ahmedov viloyat iqtisodiy kompleks tashkilotlari, G‘ijduvon tuman hokimligi va tuman mas’ullari bilan birgalikda “G‘ijduvon tajribasi” asosida vertikal sanoat binolarini tashkil etish, xonadondagi ishlab chiqarishni “soyadan chiqarish”, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘l bo‘yidagi qurilishi tugallanmagan va bo‘sh turgan tadbirkorlik ob’ektlarida yangi loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Bundan tashqari, tumanda “Zarbdor tajribasi” asosida yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida 2 ta qatnov yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l bo‘yidagi mavjud 81 ta  binolar birma-bir ko‘rib chiqildi. Natijada sanoat va xizmat loyihalarini  amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lgan 22 ta binoda umumiy qiymati 11,4 milliard so‘m bo‘lgan  loyihalarni ishga tushirish orqali 190 ta yangi ish o‘rni yaratish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

Shundan, “G‘ijduvon tajribasi” asosida 9 ta binoda umumiy qiymati 2,6 milliard so‘m bo‘lgan vertikal ishlab chiqarishni tashkil etish orqali 77 ta yangi ish o‘rnini tashkil etish rejalashtirildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri