French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
16:58 / 2024-07-22

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Markazning neyroreanimatsiya bo‘limida “Bosh miya qon-tomir tugma anomaliyasi, arteriovenoz malformatsiyasi yorilishi fonida kelib chiqqan bosh miyada o‘tkir qon aylanishi buzilishi” tashxisi bilan davolanayotgan 22 yoshli bemorda yuqori texnologik endovaskulyar AVM embolizatsiya jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

– Bundan tashqari neyroreanimatsiya bo‘limida davolanayotgan 4 nafar bemorda serebral angiografik tekshirishlar o‘tkazildi, – deydi filiali direktori M. Rajabov. – Mutaxassislar tomonidan ushbu bemorlarda ichki uyqu arteriyasini stendlash amaliyotini bajarish bo‘yicha rejalar belgilandi.  

****

Bojxona qo‘mitasi raisining maslahatchisi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi U. Pirmuhamedova Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi va uning tasarrufidagi bojxona postlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan  tanishdi.

Dastlabki o‘rganish ishlari “Olot” chegara bojxona postidan boshlandi. Samimiy muloqot va muhokamalarga boy tarzda kechgan uchrashuvda  ayol xodimalar bilan suhbatlashildi. Tadbirda nafaqat ularning xizmat jarayonidagi muammolari balki, oilaviy sharoitlari ham o‘rganildi.

U. Pirmuhamedova ayollarga bojxona xodimasi bo‘lish ne chog‘lik sharafli ekanligini ta’kidladi. Bojxonachi formasi va harbiy qasamyodlariga hamisha sodiq qolishlari lozimligini qayd etdi.

Bu kabi uchrashuvlar, “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti, “Buxoro” TIF bojxona posti va boshqarma apparatlarda ham tashkil etildi. Ularda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish maqsadida bojxona organlari tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy tadbirlar va ayollarning ijtimoiy himoyasi borasidagi islohotlar yaqindan tanishtirildi.  

– E’tiborlisi shundaki, jamiyatda va boshqaruvda ayollarning rolini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan o‘zgarish bojxona organlarini ham chetlab o‘tmadi, – deydi U. Pirmuhamedova. –Birgina, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida yaqin yillargacha ayol xodimalar taqchilligi kuzatilgan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bugungi kunda bojxona postlarida 11 nafar ayol xodimalar xizmat qilmoqda. Bundan tashqari 2 nafar ayol xodimalar tarkibiy tuzilma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritadi.

Zarif Komilov,

O‘zA muxbiri