Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:00 / 2024-07-08

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili(ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Huseynova viloyatdagi Vaqtincha saqlash hibsxonasiga (VSH) monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoringda ushbu muassasada saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. 10 nafarga yaqin gumonlanuvchilar bilan yakka tartibda suhbatlashildi.  

Aniqlanishicha, hibsxonada gumonlanuvchi shaxslar saqlanadigan kameralarga, konvoy, ko‘rikdan o‘tkazish, tibbiyot va tergov xonalariga ovozli video kuzatuv kameralar o‘rnatilgan. VSH binosi atrof hududlariga esa ovozsiz video kuzatuv kameralari qo‘yilgan. Monitoringda videokuzatuv kameralarning soz holatda ekanligi va markazga ulanganligiga alohida e’tibor qaratildi. Belgilangan tartibga ko‘ra, advokatlar xonasiga videokuzatuv kamerasi o‘rnatilmagani aniqlandi.

Monitoring davomida VSHda saqlanayotganlarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish, uchrashuv xonasi va boshqa sharoitlari o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tavsiyalar berildi.  

***

“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan har bir murojaat o‘z vaqtida o‘rganilib, tezkorlik bilan hal etilmoqda.

– Bunda albatta elektron tizimning o‘rni bor, – deydi filialning bo‘lim boshlig‘i Farrux Rajabov. – To‘g‘ri, ba’zilari ma’lum bir davrni talab qiladi. Bu haqida iste’molchiga tushuntirish beramiz. Joriy yilning dastlabki olti oyida 2190 ta murojaat kelib tushdi. Ulardan 1709 tasi ijobiy hal etildi. 428 tasi yuzasidan tushuntirish berildi. 53 ta murojaat soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda. Shuningdek, “Ishonch” telefonlari, virtual qabulxona orqali ham murojaatlar qabul qilinadi.  

***

G‘ijduvon tumani erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan “O‘ktamjon Miraziz Shirinliklari” korxonasida 10 turdagi milliy qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

– Bu yerda 20 nafardan ziyod xotin-qiz mehnat qilmoqda,  – deydi korxona rahbari O‘ktam Sa’dullayev. –  Ayni paytda “Barqarorlik reytingi” yuqori toifaga erishishga harakat qilyapmiz. Reyting doirasida korxona 52 ballga “SSS” toifada ekanligini mahallaga biriktirilgan soliq xodimi kelib kamchiliklarni tushuntirib berdi. Korxonani reyting doirasida yuqori toifaga ko‘tarish bo‘yicha amaliy ko‘maklarini berib kamchiliklarni tuzatishda ishchilar sonini hisobotlarda ko‘rsatish, elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda yuborish kerakligi borasida amaliy ko‘mak berdi.  

Korxona hozircha birgina ushbu harakat bilan “Barqarorlik reytingi”da rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha 10 ballga ega bo‘ldi. Endilikda korxona faoliyatini belgilangan mezonlar asosida yuritib, reytingni yuqori toifasidan joy egallashga astoydil harakat qiladi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri