French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi
12:20 / 2024-01-25

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Yig‘ilishda M.Umarov viloyat boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi.

M.Umarov 1957 yil 21 fevralda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 1979 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Buxoro to‘qimachilik kombinati ip-yigiruv fabrikasi ustasi sifatida boshlab, G‘ijduvon ip-yigiruv fabrikasi direktori, Buxoro viloyati “Paxtasanoatsotish” aksiyadorlik birlashmasi raisi, “O‘zpaxtasanoatsotish” uyushmasi raisining o‘rinbosari, Buxoro viloyati “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisi, Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, G‘ijduvon tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.  

Tayinlovga qadar u Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri