Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyati “Aholisi to‘liq ish bilan ta’minlangan hudud”ga aylantiriladi
17:33 / 2023-07-07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2023-2025 yillarda Buxoro viloyatida paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari hamda kasanachilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Qarorga muvofiq, Buxoro viloyati 2023-2025 yillarda "aholisi to‘liq ish bilan ta’minlangan hudud"ga aylantiriladi.

Buning uchun paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari kasanachilik markazlarini tashkil etish orqali yaxlit zanjirda birlashtiriladi. 

Mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligi ta’minlanadi.

Infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratib berish, ishlab chiqarishni kengaytirish, hunarmandchilikni rivojlantirish orqali savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlantiriladi.

Yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali yangi ish o‘rinlari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish ko‘paytiriladi, shuningdek, viloyat hududidan o‘tuvchi xalqaro avtomobil yo‘li yoqasida yo‘lbo‘yi infratuzilmasi hamda turizm, ta’lim va tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi rivojlantiriladi.

Kichik sanoat zonalari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish komplekslari va boshqa sanoat ob’ektlarini barpo etish, shu jumladan, yo‘lbo‘yi xizmat ko‘rsatish va servisni rivojlantirish maqsadida jami 238,5 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, shundan 193,4 gektar sug‘oriladigan yerlar sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.

2023 yilda 15 000 gektar maydonda irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlari asosida yangi yer maydonlari ochiladi va foydalanishga topshiriladi.

O‘zA