Buxoro viloyati 4-sektor rahbari o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi
3-Buxoro saylov okrugi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Saylovda buxorolik yoshu keksalar faol ishtirok etib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz bermoqda.
Buxoro viloyati 4-sektor rahbari, viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Mamatxanov Buxoro shahridagi 18-saylov uchastkasiga oila a’zolari bilan birga borib munosib nomzodga ovoz berdi.
– Yurtimizda muhim siyosiy jarayon, – deydi Maqsud Mamatxanov. – Shu jarayonlarda oila a’zolarimiz bilan faol ishtirok etdik. Men ovoz bergan nomzod bugungi islohotlarni yanada rivojlantirishiga ishonaman. bugungi saylovda barchani faollikka chaqiraman.
18-saylov uchastkasida 1 ming 750 nafar saylovchilar ro‘yxatga olingan.
Zarif Komilov, O‘zA