Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazi zamonaviy qiyofa kasb etadi
06:00 / 2022-03-01

FOTOREPORTAJ

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazi 281 mingdan ziyod kitob fondiga ega.
Joriy yil boshidan markaz binosini kapital ta’mirdan chiqarishga kirishildi. Ayni paytda ushbu mas’uliyatli yumushni Shofirkon tumanidagi “Stroy servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati jamoasi bajarmoqda. Zarur mablag‘ mahalliy byudjetdan ajratilgan. Quruvchilar ta’mirlash ishlarini shu yilning may oyi oxirida yakunlash niyatida. 

[gallery-5932]

Kutubxonaga joriy yilning yanvar oyida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona tomonidan 163 ta majburiy nusxa kitob, fevral oyida esa 12 ta sovg‘a-kitob va 8 ta avtoreferat taqdim etildi. 
bugungi kunda viloyat axborot-kutubxona markazi o‘z faoliyatini davom ettirishi uchun Buxoro shahridagi “Humo” sport majmuasi vaqtinchalik manzil vazifasini o‘tamoqda. Quvonarlisi, yangi manzilda kitobxonlar safiga sportsevar yoshlar ham qo‘shildi.
Suratlarda: 

 

Tohir ISTATOV (surat),O‘zA