English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro va Qarshi shaharlaridan Toshkent yo‘nalishiga harakatlanuvchi «Afrosiyob» tezyurar poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi
20:27 / 2022-01-25

Hurmatli yo‘lovchilar! Buxoro va Qarshi shaharlaridan Toshkent yo‘nalishiga harakatlanuvchi “Afrosiyob" tezyurar poyezdlarining harakat jadvaliga elektr ta’minoti tiklangunga qadar o‘zgartirishlar kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, quyidagi poyezdlarning qatnov jadvali o‘zgarishsiz qoladi. Shu munosabat bilan siz ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan foydalanishingiz mumkin. Ushbu yo‘nalishlarga chiptalarni temir yo‘l kassalarida sotib olish mumkin.

Termiz – Toshkent yo‘nalishidagi 79-poyezd Qarshi vokzaliga soat 01:19 da yetib keladi.

Qo‘ng‘irot – Toshkent yo‘nalishidagi 53-poyezd Buxoro vokzaliga soat 22:46 da yetib keladi.

Xiva – Toshkent yo‘nalishidagi 55-poyezd Buxoro vokzaliga soat 00:15 da yetib keladi.

"Afrosiyob" yo‘lovchi poyezdlari harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilganligi sababli yo‘lovchilarga avval sotib olgan va foydalanmagan chiptalarini kassalarga to‘liq qaytarib olinadi, yoki boshqa sanaga qayta rasmiylashtirilib beriladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ