Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro va navoiylik bolalar Samarqandda sog‘lomlashtirilmoqda
02:25 / 2023-06-13

Dunyoning aksariyat mamlakatlarida 12 iyun “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlandi. Ayni paytda mazkur sana xalqaro miqiyosda e’tirof etiladi.

Sana munosabati bilan Samarqanddagi oromgohlarda ham tadbirlar tashkil etildi.

Samarqand tumanidagi “Safedi” sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tgan  tadbirda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Ravshan Bedilov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi raisi Suxrob Rafiqov ishtirok etib, mamlakatimizda bolalar mehnatining muhofazalanganligi, yoshlarning bilim olishi va kasb-hunar o‘rganishi, hordiq chiqarishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.  

Tadbir doirasida bolalar o‘rtasida turli tanlov va sport musobaqalari o‘tkazilib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng mehmonlar 335 nafar bolajonni bag‘riga olgan “Safedi” oromgohida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.  

Bolalar ta’tilni maroqli o‘tkazishi uchun muassasamizda barcha sharoit mavjud, - deydi oromgoh direktori Nigora Jabborova. – Sport maydonchalari, kutubxona, kompyuter xonasi, basseyn va konsert uchun sahna  bolajonlar ixtiyorida. Ayni paytda oromgohda 200 nafar buxorolik, 72 nafar navoiylik va 63 nafar samarqandlik bolajonlar sog‘lomlashtirilmoqda.

G‘.HASANOV, O‘zA