Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro va Lahor o‘rtasida o‘rnatilgan birodarlik aloqalari faollashtiriladi
14:49 / 2025-11-25

O‘zbekiston va Pokiston parlamentlararo hamkorlik guruhlarining birinchi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, strategik sheriklikni chuqurlashtirish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanayotgani, oliy va yuqori darajadagi muloqotlar izchil yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

Ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi tarixiy va ma’naviy umumiylikni inobatga olgan holda madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Ahmad Farg‘oniyning boy ilmiy-ma’rifiy merosini birgalikda o‘rganish, ikki mamlakat diplomatik akademiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, noyob asarlarni tarjima qilish loyihasini amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Toshkent, Islomobod va Lahor shaharlarida madaniy tadbirlarni izchil o‘tkazib borish, Buxoro va Lahor o‘rtasida o‘rnatilgan birodarlik aloqalarini faollashtirishga kelishib olindi.

N.Abduraimova, O‘zA