English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro: turizmni rivojlantirish istiqbollari
21:13 / 2022-08-02

Sayyohlik industriyasi yo‘nalishida Buxoro viloyatida juda katta imkoniyat va salohiyat mavjud. Birgina “Buxoroi sharif” nomining o‘zi qolaversa, ajdodlarimizdan qolgan mingdan ortiq tarixiy obidalar butun dunyo ziyoratchilari, sayohatchilari e’tirofini qozongan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Viloyatda joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida 43 ta 1 ming 183 o‘rinli yangi katta-kichik mehmonxonalar ishga tushdi. Mehmonxonalar umumiy soni 445 taga (4974 ta xona, 11412 ta o‘rin) yetdi. Bunda, yangi tashkil qilingan mehmonxonalar – 9 ta, oilaviy mehmon uylari – 19 ta, xostellar – 15 tani tashkil etadi. Olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida hisobot davrida viloyatga tashrif buyurgan sayyohlar soni 1 million 824 ming nafardan oshdi. Sayyohlardan viloyat iqtisodiyotiga 2021 yilda 478,9 milliard so‘m tushum tushgan bo‘lsa, 2022 yilning olti oyida bu ko‘rsatkich 763 milliard so‘mdan oshdi.

Xorijiy sayyohlar oqimini oshirish, sayyohlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 2022 yilning iyun oyida ilk bor Istanbul-Buxoro-Istanbul yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, turizm yo‘nalishida bir qator madaniy-ko‘ngilochar tadbir, forum, festival va yarmarkalar tashkil etildi. Jumladan, 2022 yilning fevral oyida “Ichki va ziyorat turizmi” yarmarkasi va uning doirasida “Usmon mushafi” nomli maxsus suvenirlar kolleksiyasi namoyishi o‘tkazildi. 19 may kuni “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumining Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan yakuniy bosqichida 11 ta davlatdan 100 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

O‘zbekiston hamda jahon hamjamiyatining e’tiqod erkinligini targ‘ib qilish borasidagi “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik” yo‘nalishi bo‘yicha “Buxoro deklaratsiyasi” qabul qilindi. 21-25 may kunlari Buxoro shahrida 58 ta davlatdan tashrif buyurgan 220 nafar xorijiy mehmon ishtirokida “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivali o‘tkazildi. Festival doirasida Butunjahon Hunarmandchilik Kengashi tomonidan Buxoro shahriga “Butun jahon hunarmandlar shahri” maqomi berildi. 3-4 iyun kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotining “IV Yosh liderlar” forumi doirasida Buxoro shahri 2022 yilda “Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti” deb e’lon qilindi. Hududiy investitsiya dasturlari doirasida 2022-2023 yillarda turizm sohasida mehmonxona, motel, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, ekoturizm, turistik transport vositalaridan iborat umumiy loyiha qiymati 483,9 milliard so‘mni tashkil etuvchi 52 ta loyiha amalga oshirilmoqda. bugungi kunda mazkur loyihalardan 9 tasi ishga tushirildi.

[gallery-8123]

Viloyatda xorijiy investitsiya asosida 28 million AQSH dollarini tashkil etuvchi 3 ta yirik mehmonxona loyihalarining qurilish ishlari davom etmoqda. Joriy yil yakuniga qadar Hindistonning “Metric Ventures” MCHJ hamda Buyuk Britaniyaning “Wide Tent Sistem” kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan 5 yulduzli “Hyatt Regency” hamda 4 yulduzli “Wyndham” brendlari nomi ostida mehmonxonalar o‘z faoliyatini boshlaydi. 2022 yil II yarim yilligida turizm sohasini rivojlantirish maqsadida mehmonxona va joylashtirish vositalari sonini 450 taga, ulardagi o‘rinlar sonini 12 mingtaga yetkazish hamda sayyohlar tashrif buyuradigan 10 ga yaqin yangi yo‘nalishlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan. Turizm yo‘nalishidagi restoranlar sonini 100 taga, ichki turizm yo‘nalishida viloyatga tashrif buyuruvchi mahalliy sayyohlar sonini 2,4 million nafarga, turizm va unga yo‘ldosh xizmat ko‘rsatish sohasi, madaniyat va kinematografiya sohalarida 18 mingtaga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.

Buxoroda turizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish orqali mahalliy sayyohlar oqimini 2,4 million nafarga, xorijiy sayyohlar oqimini 450 ming nafarga yetkazish choralari ko‘riladi. Buxoro aeroporti orqali xalqaro aviaqatnovlar soni 2022 yilda 1 baravarga (871 ta reys) oshiriladi. Turizm infratuzilmasini kengaytirish maqsadida 8 ta yangi turizm marshrutlari ishlab chiqiladi. Viloyatning tuman (shahar)lar kesimida katta-kichik hajmdagi 40 ta mehmonxona, 55 ta oilaviy mehmon uylari va 17 ta xostel tashkil etiladi.

Abu Ali ibn Sino tug‘ilib o‘sgan “Afshona” qishlog‘ini turizm shaharchasiga aylantirish yuzasidan muzeyga tutash hududdan 2,7 gektar yer uchastkasini qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydonlari hisobiga o‘tkazish hamda belgilangan tartibda investor va tashabbuskorlarni jalb qilgan holda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilish ishlari boshlanadi. Buxoro shahar I.Karimov ko‘chasida “Gastro Bazar” va “Street Food” gastronomik ko‘cha tashkil etiladi. G‘ijduvon tumanida “Qo‘rg‘on” “Turizm mahallasi”, Vobkent tumanida “Shirin etnoturizm qishlog‘i” va Ahmad Donish ko‘chasida “Turizm ko‘chasi” tashkil etish rejalashtirilgan.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat). O‘zA