Buxoro turizm markazi aholi fikri va UNESCO xulosasi bilangina boshqa yerda quriladi
So‘nggi kunlarda ommaviy axborot vositalarida keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan Buxoro shahrida «Buxoro turizm markazi» qurilishi masalasi bo‘yicha Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati quyidagicha izoh berdi.
bugungi kunda «Buxoro turizm markazi» loyihasi dastlabki bosqichda tayyorlanmoqda. Ushbu loyiha puxta ishlab chiqilgandan so‘ng tegishli tartibda barcha kelishuvlardan o‘tkaziladi.
Mazkur loyiha bo‘yicha keng jamoatchilik va fuqarolar fikrini inobatga olib, boshqa maqbul yer maydonlari tanlanadi. Shuningdek, UNESCO umumjahon markazining tegishli xulosasi olingan holda, yakuniy qaror qabul qilinadi va shundan so‘ng qurilish ishlari boshlanadi.
O‘zA