Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro tumaniga hokim tayinlandi
19:03 / 2024-03-05

Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi xodimlari, tuman faollari ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

Ayni vaqtga qadar Romitan tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alllikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ochilov Anvarjon Zubaydilloyevich Buxoro tumani hokimi etib tayinlandi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri