Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro tumanida ixtisoslashtirilgan maktab ish boshladi
18:24 / 2022-09-07

Prezident Ta’lim muassasalari Agentligi tasarrufidagi Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar so‘nggi yillarda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani, xalq ta’limiga davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng, ramziy lenta qirqilib, Prezident Ta’lim muassasalari Agentligi tasarrufidagi Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabi ochildi. Tadbir ishtirokchilari muassasada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur maktabda 263 nafar iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilar tanlab olindi. Ularga matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta’lim metodologiyalari asosida chuqur o‘rgatiladi.

Ta’lim jarayoni rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib boriladi. Shu bilan birga, ta’lim dargohida sinov natijalari asosida eng munosib deb topilgan pedagoglar jalb etilib, ularning faoliyati uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilgan. 

Oldinlari 13-IDUMI shaklida faoliyat yuritgan mazkur muassasada quruvchi-pudratchi “Bunyodkor Izzatillo Soxtimon” MCHJ tomonidan qisqa fursat ichida 2,73 milliard so‘m byudjet mablag‘lari evaziga mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi. Maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayonlariga xalqaro Cambridge Assessment International Education ta’lim sistemasiga bosqichma-bosqich o‘tish rejalashtirilgan.

Tadbirda tuman hokimi Xayrullo Jo‘rayev, “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni Muhammad Ahmedov, o‘quvchilarning ota-onalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Zarif Komilov, O‘zA