Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlangan Afrosiyob poyezdi nosozlik sabab manziliga yetib bormadi
"O‘zbekiston temir yo‘llar" AJning ma’lum qilishicha,
joriy yilning 13 yanvar kuni O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo sababli Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi 765-sonli Afrosiyob yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdida nosozlik yuzaga kelgan va poyezd «Malik» bekatida to‘xtatilgan.
Xabarda qayd etilishicha, yo‘lovchilarni manzilga xavfsiz yetkazib kelish maqsadida zaxira Afrosiyob elektropoyezdi jo‘natilgan.
O‘zA