Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Buxoro” to‘plar nisbatiga ko‘ra turnir peshqadamligiga ko‘tarilib oldi
17:15 / 2021-04-06

Bir necha daqiqalar oldin Toshkent va Farg‘onada o‘tkazilgan ikki o‘yin bilan Pro-liganing 3-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. O‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qilgan “Olimpik” mag‘lubiyatga uchradi. Mazkur g‘alaba buxoroliklarni 3-turdan keyin turnir jadvalida to‘plar nisbatiga ko‘ra “Dinamo”ni ortda qoldirib, peshqadamlikka ko‘tarilishiga xizmat qildi.

Farg‘onada o‘tgan derbi bahsida esa “Neftchi” “Istiqlol”ni ikkita to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchratib, o‘z imkoniyatlarini yaxshilab oldi.

Mazkur turda eng yirik hisobi “Xorazm” va “Sho‘rtan” jamoalari uchrashuvida kuzatildi. Unda mezbonlar g‘uzorliklarni yirik – 4:0 hisobida yengishdi. Turdagi yagona durang “Oqtepa” – “№Yangiyer”da (1:1), mehmonlarning yagona g‘alabasi esa, yuqorida aytganimizdek, “Olimpik” – “Buxoro” (0:2) o‘yinida qayd etildi.

3-tur natijalari:

4 aprel, yakshanba

OQ-TEPA – YANGIER - 1:1 (1:1)

Toshkent. “To‘qimachi” stadioni. 189 tomoshabin

Gollar: Jonibek Mirzaqulov, 38 (0:1), Gilerme da Silva, 45+1 pen (1:1)

5 aprel, dushanba

XORAZM – SHO‘RTAN - 4:0 (2:0)

Urganch. “Yoshlik” sport majmuasi. 959 tomoshabin.

Gollar: Ro‘zimboy Ahmedov, 12 (1:0), Temur Bekchanov, 21 (2:0), Ro‘zimboy Ahmedov, 87-pen. (3:0), Jasur Otajonov, 90+1 (4:0)

DINAMO – ARAL SAMALI - 3:2 (3:1)

Samarqand. “Dinamo” stadioni. 2300 tomoshabin.

6 aprel, seshanba

"OLIMPIK" – "BUXORO" – 0:2 (0:1)

Toshkent. "Jar" stadioni. 587 tomoshabin.

Gollar: Behzod Shamsiyev, 4-o‘z darvozasiga, (0:1), Bobur Qosimov 90+2, (0:2)

NEFTCHI – ISTIQLOL – 2:0 (2:0)

Farg‘ona. “Istiqlol” stadioni. Tomoshabinlarsiz.

Gollar: Ulug‘bek Xoshimov, 8, (1:0), Sobit Sindarov, 20 (2:0)

3-turdan keyin 9 ochko to‘plagan “Buxoro” turnir jadvalida yetakchilik qilyapti. Yana shuncha ochkoga ega “Dinamo” esa to‘plar nisbatiga ko‘ra ikkinchi o‘rindan joy olgan, uchinchi o‘rinni esa “Xorazm” jamoasi 7 ochko bilan band etib turibdi. 7 ochkoga ega “Neftchi” esa to‘rtinchi o‘rinda boryapti. “Aral-Samali” va “Olimpik” jamoalarida 4tadan ochko bor, “Oqtepa” va “Yangiyer” bittadan ochko jamg‘arishgan. “Istiqlol” va “Sho‘rtan” klublarida esa hali birorta ham ochko yo‘q.

4-tur o‘yinlari 10-12 aprel kunlariga belgilangan.

Oybek YUNUSOV, O‘zA