French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro shaxristonidagi tadqiqotlar moziydan so‘zlaydi
18:47 / 2020-11-04

Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasining xabariga ko‘ra, viloyat hududidagi 287 ta arxeologiya yodgorliklari davlat muhofazasiga olingan.

O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi FA Milliy arxeologiya markazi, Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti bilan hamkorlikda xalqaro ekspertlar jalb qilingan holda Poykent, Vardonze, Romitan va Buxoro Arkida, Kampirdevor tizimi yodgorliklarida qo‘shma xalqaro ekspeditsiyalar olib borildi.

Joriy yil butun dunyoda tarqalgan COVID-19 pandemiyasi davrida viloyat hududida joylashgan arxeologiya yodgorliklarini o‘rganish maqsadida xalqaro ekspertlarning yurtimizga tashrif buyurishi imkoni topilmagan bo‘lsada, Milliy arxeologiya markazi bilan hamkorlikda amaldagi qonun hujjatlariga binoan shahar hududida joylashgan Shaxriston bozorining bir necha maydonlarida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Natijada, qazishma ishlarining shimoliy maydonining turli joylarida to‘rtburchak loy g‘ishtdan qurilgan Buxoroning eski shaxristoni devorining qoldiqlari aniqlandi.

Ilk o‘rta asrlar shahar devorining tashqi tomoni bo‘ylab, non pechlari qoldiqlari, tandir, sopol kanalizatsiya shoxobchalari quvurlar, badraplar aniqlandi. O‘rta asrlar shaharlari aholisi madaniyati, hayoti tarixi haqida ma’lumot beruvchi IV-XIX asrlarga oid sirlangan va sirlanmagan sopol idishlar topildi.

Ushbu olib borilayotgan izlanishlar Buxoro vohasi qadimiy shaharlari tarixining o‘rganilmagan jihatlarini ochib bermoqda.

Ayni paytda Buxoroning eski Shahriston bozori o‘rnida arxeologik tadqiqotlar davom etmoqda.