Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro shahrida sodir bo‘lgan holat to‘g‘risida
10:24 / 2024-03-02

1-mart kuni soat 08:57 larda Buxoro shahridagi “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inining Alpomish ko‘chasida joylashgan 2-qavatli binoning 1-qavatidagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konining yerto‘lasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Chaqnash oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushgan.  

Chaqnash  sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea  joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.  

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan va yana 1 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Holat  yuzasidan  dastlabki  tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri