Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro shahrida kambag‘al oilalar kamaymoqda
08:00 / 2021-08-11

Buxoro shahrida sektorlar kesimida 4 ming 444 ta oilalar o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida Buxoro shahrida koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘irlashgan jami 5 ming 602 ta ehtiyojmand kam daromadli oilalar aniqlandi.

Aniqlangan oilalar «Temir daftar»ga kiritildi. Ushbu oilalarning 1 ming 14 tasi 1-sektor, 1 ming 162 tasi 2-sektor, 1ʼ ming 622 tasi 3-sektor hamda 1 ming 662’tasi 4-sektor hududiga to‘g‘ri keladi.

– Har bir o‘zbek ayoli borki, tikish-bichish ishlariga qo‘li kelishadi, -deydi Buxoro shahridagi «Zarafshon» MFY da istiqomat qiluvchi, «Temir daftar» ro‘yxatiga kiritilgan Istat Gulyamova. - Ozroq qunt bo‘lsa kifoya. Menga ham tikuv mashinasi berilgandan so‘ng, onamdan o‘rgangan hunarim qo‘l keldi. Biroz qiyinchilik bilan ish boshlagan bo‘lsamda, bugungi kunda moliyaviy holatimizni ancha yaxshilab oldik. Yozgi futbolkalar tikib, o‘zim xaridor topib sotyapman. Yashashga ishtiyoqim ortdi. Juda tushkun holatda edim. Prezidentimiz og‘ir kunlarda bizni tashlab qo‘ymadi. U kishini oilamiz bilan duo qildik.

- bugungi kunda 5 ming 480 ta oilaning daromad manbai yaratilgan bo‘lib, ular kambag‘allik ro‘yxatidan chiqarilgan, - deydi Buxoro shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi bosh mutaxassisi Boburshox Umarov. - Joriy yil yakuniga qadar jami 5 ming 777 ta mehnatga layoqatli ishsiz oila «Temir daftar» ro‘yxatidan chiqarilishi rejalashtirilgan. Qolaversa, “saxovat.argos.uz” dasturida bo‘yicha shaharda 954 ta kambag‘al hamda ehtiyojmand oila bo‘lib, ushbu oilalarning 97 tasi 1 sektor, 429 tasi 2-sektor, 244 tasi 3-sektor hamda 184 tasi 4 sektor hududiga to‘g‘ri keladi.

Kambag‘al va ehtiyojmand oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Qurbon Hayiti» arafasida Respublika byudjetidan 926 mln.so‘m mablag‘lar shahardagi 1 ming 474 ta oilaning 4 ming 678 ta a’zolariga tarqatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga asosan shahardagi 2 ming 869 ta oilaning 9 ming 154 ta a’zolariga 2,014 mlrd.so‘mlik pul mablag‘lari tarqatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 avgustdagi «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4815 sonli qaroriga binoan Buxoro shaharda «Saxovat daftariga» kiritilgan 2 ming 382 ta oilaning 4 ming 464 nafar 16 yoshga to‘lmagan farzandlariga 2,232 mlrd.so‘mlik pul mablag‘lari taqdim etildi. Koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘irlashgan 6 ming 865 ta oilaga jami 4,6 mlrd.so‘m miqdordagi yordamlar ko‘rsatilgan.

«Temir daftar»ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari davom etmoqda.

 

Zarif Komilov, O‘zA