Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro sayyohlar bilan hamisha gavjum
11:49 / 2024-10-17

Buxoro zamini ulug‘ pirlar, olim-u ulamolar abadiy qo‘nim topgan maskandir. Qadimiy yurtning qutlug‘, muqaddas va mo‘’tabar qadamjolari, tabarruk majmualari, tarixiy obidalari bugun har galgidan yanada gavjum.

Chunki davlatimiz rahbarining 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini yanada rivojlantirish  chora tadbirlari  to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingandan keyin o‘tgan 5 yil davomida  qadimiy Buxoroda soha taraqqiyoti yo‘lida qulay shart-sharoitlar, qolaversa, iqtisodiy va huquqiy muhit yaratildi.  

– Viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni yildan-yilga oshmoqda, –deydi Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bobir To‘qsanov. – Xususan, 2023 yilda Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar soni qariyb 1 million 300 nafardan oshdi. Bu esa 2024 yilning 1 sentyabr holatida qariyb 900 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrifini kuzatishimiz mumkin. Davlat rahbarining tashabbusi bilan 2024 yil hisobidan 50 dan ortiq joylashtirish vositalari tashkil etildi. 30 ga yaqin yangi turistik kompaniyalari, 10 dan ziyod turizm marshrutiga bo‘lgan yangi turistik restoranlar, 50 dan ortiq yangi gid-ekskursovodlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.  

Ta’kidlash joizki, o‘tgan 5 yil davomida sharif shahardagi mavjud 713 ta qadimiy obida, muqaddas ziyoratgoh va madaniy yodgorliklarning 80 dan ortig‘i qayta ta’mirlanib, aslini saqlagan holda yangi ko‘rinish kasb etishi  ushbu yo‘nalishda muhim qadam bo‘ldi.  

Bundan tashqari, Buxoroga tashrif buyuruvchi nafaqat xorijiy yoki mahalliy, barcha sayyohlarni bir kunda 15 ming nafar sayyohlarni qabul qilishga barcha sharoitlar yetarli. Shuningdek, ularga xizmat ko‘rsatuvchi va bevosita xorijiy davlatlardan Buxoroga, yurtimizga sayyohlarni olib keluvchi turoperatorlarning soni 170 ta dan oshdi. Bevosita ularga hamrohlik qiluvchi gid-ekskursovodlarning soni esa 250 nafardan ko‘pni tashkil etadi. Turizm marshrutiga ega bo‘lgan turistik restoranlarning soni esa 130 taga yaqinlashdi.      

Hozirda Buxoroning boy tarixi, o‘tmish madaniyati, me’moriy yodgorliklari bilan keksa avlod vakillari doimiy tanishtirib borilmoqda. Xonadonlarimiz fayzi va barchamizning hayotimizda katta o‘rin tutuvchi nuroniylarga hurmat ko‘rsatish, ularning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida har yili o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” hamda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasidagi tadbirlarda bunday ezgu va xayrli ishlar yanada yuqori mas’uliyat bilan tashkil etilmoqda.  

“Keksalar haftaligi” davomida kogonlik faxriylar ham keng ko‘lamda tashkil etilgan tadbirlardan nihoyatda mamnun bo‘lishmoqda. Yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosati natijasida ular o‘z hayotlaridan rozi bo‘lishmoqda. Xalqimizga xos ezgu-fazilat bo‘lgan keksalarni e’zozlash va ularga yanada g‘amxo‘rlikni oshirishga qaratilgan “Keksalar haftaligi” Kogon tumanida  unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.  

Obod va orasta, gullarga burkangan muqaddas joylarda ya’ni Romitan tumanidagi Xo‘ja Muhammad Boboi Samosiy hamda Xoja ali Romitaniy ziyoratgohlarida ko‘proq keksalarimizni uchratdik. Ular bilan suhbatlashar ekanmiz, nuroniylar qalbidagi shukronalikni dildan his etdik. Yoshi ulug‘ insonlarning tinch va osoyishta yurtdagi o‘ziga xos fayz-barakadan, o‘zlariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan ko‘ngillari tog‘dek  ko‘tarilgan.

[gallery-19801]

– Nuroniylarimiz “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida ish olib bormoqda, – deydi mehnat faxriysi Savriddin Tohirov. – Mana shunchalik biz nuroniylarga, keksalarga yurtboshimizning qilayotgan e’tiborlari uchun cheksiz minnatdormiz. Bizning asosiy vazifamiz o‘sib kelayotgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, ularni tarbiyalab, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishga ko‘maklashish.  

Xulosa o‘rnidagi aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish  chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan har yilgidek, yurtimizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi Buxoroda ham “Keksalar haftaligi” taassurotlarga boy o‘tdi.  

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),

O‘zA muxbirlari.