Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda
13:09 / 2025-11-13

Joriy yilning 11-14 noyabr kunlari ko‘hna va boqiy Buxoro shahrida joylashgan Universal sport majmuasida kurash sport turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 600 ga yaqin kurashchilar bellashmoqd.

Yilning eng nufuzli musobaqalaridan biri bo‘lgan mazkur chempionat g‘oliblari 2026 yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston kurash terma jamoasi nomidan ishtirok etadi. 

Ta’kidlash kerakki, o‘zbek kurashi ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, pahlavonlarning jismoniy va ma’naviy yetukligini namoyon etuvchi sport turi sifatida shuhrat qozongan. Kurashchilarning nafaqat jismoniy tayyorgarligi, balki o‘zini tutishi, axloq-odobi, raqibga hurmati alohida e’tiborga sazovor. Bu an’analar bugungi kunda ham davom etib, yosh avlodga o‘rnak bo‘lmoqda.

[gallery-26223]

O‘zbekiston chempionatining rasmiy ochilish marosimida Buxoro viloyati prokurori Ulug‘bek Hamdamov so‘zga chiqib, Buxoro viloyati mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqaning dovrug‘ini dunyoga tanitishda muhim ahamiyat kasb etishi, uning nufuzi oshishiga xizmat qilishini ta’kidlab, barcha sportchilarga omad tiladi.

Zarif Komilov,

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA