Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro mehmonlarni bayramga chorlamoqda
17:14 / 2025-09-03

Buxoro joriy yilning 5 sentyabr – 20 noyabr kunlari Buxoro tarixiy markazi hududida Xalqaro zamonaviy san’at biyennale o‘tkaziladi. Bu O‘zbekiston va jahon san’ati durdonalari, hunarmandchilik va gastronomiyasini birlashtirgan yirik madaniy dasturdir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, xalqaro arxitektura va san’atning ilg‘or yutuqlari asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur anjuman, Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida ilk marotaba Buxoroda tashkil qilinadi. 

Mazkur tadbirning arxitektura yechimlarini ishlab chiqish maqsadida BAAning “WaiWai” arxitektura tashkiloti jalb qilingan. Kurator Diana Kempbell, komissar Gayane Umerova rahbarligida o‘tkaziladigan biyennale davomida 70 dan ortiq mahalliy va xalqaro ijodkorlar tarixiy inshootlarda maxsus loyihalar namoyish etadi.

Biyennale YUNESKO hamda BAA, Fransiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarning yetakchi san’at tashkilotlari vakillaridan iborat Xalqaro kengash tomonidan boshqarish nazarda tutilgan.

Dasturda san’at asarlari, musiqa kechalari, she’riyat, kulinar performanslar, hunarmandchilik master-klasslar va xalqaro anjumanlar tashkil qilinadi. Tadbirlarda ishtirok etish mutlaqo bepul. Tarix, san’at, madaniy muhitni yaxshi ko‘radiganlar uchun takrorlanmas atmosfera barchani Buxoroga chorlaydi.

[gallery-25152]

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorida qayd etilgan Buxoro tarixiy markazi hududidagi 9 ta ob’ektda restavratsiya, ta’mirlash-tiklash va obodonlashtirish hamda ularning muhofaza hududlarida asfalt-beton qoplamali yo‘l va yo‘laklarda dastlabki loyiha hujjatlariga ko‘ra maxsus toshli qoplamalar yotqizish maqsadida ishlar olib borildi. 

Bugun ko‘hna va boqiy Buxoro Xalqaro zamonaviy san’at bayramiga mehmonlarni chorlamoqda.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (foto), O‘zA