Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarang sochdi
19:22 / 2025-05-24

Buxoro viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarida “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda hokimlar, yirik korxona va tashkilot rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablarining bitiruvchilariga tabrigi tantanali o‘qib berildi.

Viloyatdagi 578 ta maktabning 22 ming 171 nafar bitiruvchilari qadrdon maktablari, mehribon ustozlari bilan xayrlashdi. Ularning  657 nafari o‘qishni oltin va kumush medal bilan yakunladi. Bu nafaqat o‘quvchilar, balki ota-onalar, ustoz-murabbiylar uchun ham g‘oyat quvonchli va hayajonli voqeadir.

[gallery-23567]

Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi 29-umumta’lim maktabida tashkil etilgan ana shunday tadbirda ishtirok etdi va Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. 

Viloyat hokimi bitiruvchilarni davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan yanada samarali foydalanishga chaqirdi. Ularga oq yo‘l tiladi. Tadbirda bitiruvchilar ham so‘z olib, ta’lim-tarbiya bergan ustozlari, ota-onalari ishonchlarini oqlashga va’da berdi.

Tadbirda ilm-ma’rifat, vatanparvarlik va fidoyilik ruhidagi she’rlar, qo‘shiqlar yangradi, bitiruvchilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi taqdim etildi.

Tadbirda turli tanlovlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ustozlari munosib taqdirlandi. 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.