Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro maktablarida darslar yangi uslubda o‘tiladi
09:07 / 2023-10-14

Buxoro shahridagi maktablarda VR (virtual reality) ko‘zoynak yordamida yangicha uslubda ta’lim jarayonlarini olib borish imkoniyati yaratildi. Bu haqida Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Buxoro shahri va Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahri o‘rtasidagi ta’lim sohasida o‘zaro kelishuvga asosan, umumta’lim maktablarida darslarni VR ko‘zoynak yordamida virtual reallikka asoslangan holda o‘tish loyihasi amalga oshirildi.

Mazkur loyiha doirasida Buxoro shahridagi maktablarda o‘qituvchilar ishtirokida seminarlar tashkil etildi. Nijniy Novgorodlik mutaxassislar tomonidan ushbu zamonaviy VR texnologiyalardan qanday foydalanish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Seminarlar so‘nggida shahardagi mavjud barcha maktablarga VR ko‘zoynak va planshetlar sovg‘a qilindi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.