Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro ko‘chalarida zamonaviy avtobuslar qatnaydi
17:16 / 2023-11-30

Buxoroga “Progress mega trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Xitoyning “Zhang Tong” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 20 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Mazkur avtobuslarni xarid qilish uchun 1 million 280 ming dollar miqdorida kredit mablag‘i ajratilgan.

Ushbu avtobuslar yo‘lovchilar uchun qator qulayliklarga ega. Jumladan, avtobus 30 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Avtobus saloni to‘liq kuzatuv kameralari bilan ta’minlangan. Eng asosiysi, avtobus salonida yil davomida sifatli xizmat ko‘rsatish uchun isitish va sovutish tizimlari ham mavjud. Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan fuqarolarning chiqib- tushishi uchun zarur sharoit yaratilgan, oynalari quyosh nuridan asrovchi plyonkalar bilan jihozlangan, Shuningdek, avtobus ichidagi yo‘lovchilar sonini aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Yuqori darajadagi qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy avtobuslar joriy yilning 5 dekabr kunidan boshlab Buxoro shahri yo‘nalishlarida qatnovlarni amalga oshiradi. Shu orqali Buxoro shahrida jamoat transportining sifat jihatidan yanada yaxshilanishiga erishiladi.

[gallery-14834]

Ma’lumot uchun: 2024 yilning iyul oyiga qadar yana shunday avtobuslardan 80 tasini viloyatga olib kelish mo‘ljallanmoqda.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),

O‘zA muxbirlari