Buxoro hunarmandchiligi – sayyohlar e’tiborida
FOTOREPORTAJ
Yurtimizda azaldan xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik taraqqiy topgan. Kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, zargarlik, zardo‘zlik, kandakorlik, sozgarlik kabi xalq hunarmandchiligi yo‘nalishlarining o‘ziga xos uslubi va maktablari saqlanib qolgan.
[gallery-19661]
Hunarmandchilik an’analarining davom etayotgani bugungi kunda turizm jozibadorligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, qadim va navqiron Buxoroga tashrif buyurayotgan minglab xorijlik sayyohlar tarixiy obidalarimiz bilan bir qatorda,o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlariga, ularni yaratilish jarayonini o‘rganishga katta qiziqish bildirmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA