FOTOREPORTAJ
Joriy yilning 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.
Mazkur yig‘ilishda qayta tiklanuvchi energiya uskunalarini o‘rnatgan aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi ta’kidlandi. Bu boradagi vazifalar ijrosi doirasida davlat organlari, korxona va tashkilotlarning ma’muriy binolarida, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi, muqobil energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasidan samarali foydalanish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
[gallery-9799]
Xususan, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosida soatiga 50 kVt elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 93 dona quyosh paneli o‘rnatildi.
Shuningdek, olib borilayotgan amaliy ishlarning uzviy davomi sifatida jamiyat tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari binolarida 5 kVtdan soatiga jami 60 kVt quvvatdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA