Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro – Grozniy: birodarlashgan shahar
23:37 / 2025-07-03

Buxoro shahri hamda Rossiya Federatsiyasining Checheniston Respublikasi poytaxti Grozniy shahri o‘rtasida birodarlashgan shaharlar maqomini belgilovchi hamkorlik bitimi imzolandi.

Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan muzokarada Buxoro shahri  hokimi Qurbon Tursunov hamda Grozniy shahri meri Xas Magomed Kadiyrov ishtirok etdi. Ushbu muhim hujjat ikki shahar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, madaniy-gumanitar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. 

Tomonlar ushbu hamkorlik doirasida tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda tajriba almashinuvlar, oliy ta’limda band bo‘lgan yoshlar malaka oshirishlarini tashkillashtirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishdi. Tadbir doirasida ikki shahar mutasaddi vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, tomonlar savdo-iqtisodiy, turizm, shaharsozlik va ekologiya sohalaridagi o‘zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surdi. 

Birodarlashgan shaharlar maqomi Buxoro va Grozniy o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va ijtimoiy aloqalarning yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qilishi kutilmoqda. Albatta, ushbu hamkorlik ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va birdamlikni yanada mustahkamlaydi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.