FOTOREPORTAJ
Hozirgi kunda yuk transport vositalarining turi va rusumi ko‘payib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasida keng qo‘llanilayotgan ushbu transport vositalari dala-dehqonchilik ishlarida, jumladan, yetishtiriladigan mahsulotlar va boshqa yuklarni tashishda tirkagichli texnikalarga nisbatan qulayligi, kam yonilg‘i sarf qilishi va boshqa jihatlari bilan ancha ustunlik qiladi.
Buxoro viloyati Olot tumanidagi “Buxoro Gold Star Moto” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxona ana shunday yuk transport vositalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
35 milliard so‘mga moliyalashtirilgan korxonada 7 turdagi katta quvvatli, yukni avtomatik tushirib beradigan hamda o‘rta turdagi mototsikllar ishlab chiqarilmoqda.
MCHJ tarkibida shosse, bort, ressor va boshqa butlovchi qismlar sexlari faoliyat olib bormoqda.
[gallery-21803]
– Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mototsikllar kam yoqilg‘i sarfi va qishloq xo‘jalik ishlarida ekologik qulayligi bilan ajralib turadi, - deydi korxona rahbari Furqat Xayriyev. – Tijorat bankidan moliyaviy ko‘mak olib, ish hajmi va mahsulot turini ko‘paytirishni reja qilganmiz.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA