Buxoro “Dunyoni ko‘k rangga bo‘yash” aksiyasida ishtirok etdi
O‘zbekiston Butunjahon bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayramga “Dunyoni ko‘k rangga bo‘yash” aksiyasiga qo‘shildi.
Shaharlarda fuqarolar ko‘k rangda porlayotgan binolarni ko‘rishlari mumkin.
Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan Buxoroning tarixiy qadamjoylari ham moviy rangda porladi. Aksiyaga ko‘ra, joriy yilning 19-20 noyabr kunlari soat 18:00 dan mamlakatimizda bo‘lgani kabi Buxorodagi tarixiy obidalar ko‘k rangda yoritildi. Bu nafaqat Buxoro shahri aholisi balki chet ellik sayyohlarga ham o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.




Zarif Komilov, O‘zA