English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro dunyo shaharsozligi va milliy ruhni o‘zida aks ettirgan maskanga ega bo‘ladi (+video)
17:23 / 2024-02-14

Mamlakatimizning turistik markazlaridan biri sanalgan Buxoro shahrida endilikda 32,6 gektar maydonda “Boqiy Buxoro tarixiy-etnografik parki” barpo etiladi.

Tahlillarga ko‘ra, Buxoroda bugungi kungacha shakllangan turizm infratuzilmasi ko‘pi bilan 1,5-2 million xorijiy sayyohni qabul qilish imkoniga ega. 2023 yilda qariyb 1 million 400 ming turist oqimi kuzatilgan. Shunday ekan, Buxoroda turizm infratuzilmalarini jadal kengaytirib borishni davrning o‘zi talab etmoqda. Yangi park esa ayni masalalarning eng maqbul yechimidir. Ammo, so‘nggi paytlarda bu loyiha xususida ijtimoiy tarmoqlarda salbiy qarashlar, fikrlar bildirilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili Abira Huseynova Boqiy Buxoro tarixiy-etnografik parkining barpo etilishi borasida o‘z fikrlarini bayon etdi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZZv8-8L7faI" title="Buxoro dunyo shaharsozligi va milliy ruhni oʻzida aks ettirgan maskanga ega boʻladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.