Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro davlat universiteti dunyoning nufuzli universitetlari qatorida
09:51 / 2025-06-20

Buxoro davlat universiteti Times Higher Education agentligining “Impact Rankings 2025” reytingida dunyoning eng nufuzli 800 ta universiteti ro‘yxatidan joy oldi.

O‘tgan yili 1001–1500 oralig‘ida qayd etilgan Buxoro davlat universiteti joriy yilda 66.7 ball bilan 601–800 o‘ringa ko‘tarildi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida 7-o‘rinni, Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari orasida 1-o‘rinni egalladi.

Ushbu natijaga erishishda universitet tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhim rol o‘ynadi. Ya’ni belgilangan chora-tadbirlar natijasida SDG 4 – Sifatli ta’lim (Quality Education), dunyo bo‘yicha 301–400-o‘rin, O‘zbekiston bo‘yicha 6-o‘rin. SDG 6 – Toza suv va sanitariya (Clean Water and Sanitation) dunyo bo‘yicha 93-o‘rin, O‘zbekiston bo‘yicha 2-o‘rin. SDG 7 – Toza va arzon energiya (Affordable and Clean Energy), dunyo bo‘yicha 58-o‘rin, O‘zbekiston bo‘yicha 2-o‘rin, SDG 17 – Hamkorliklar orqali maqsadlarga erishish (Partnerships for the Goals), dunyo bo‘yicha 801–1000-o‘rin, O‘zbekiston bo‘yicha 14-o‘rinda bormoqda. 

2025 yilgi THE Impact reytingida dunyoning 2389 ta universitetining faoliyati tahlil qilingan. Reyting mezonlari qatoriga BMTning 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ta’lim dasturlariga, BRMlarning integratsiyasi, jamiyat bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar, ekologik va ijtimoiy tashabbuslar, hamda global hamkorlik salohiyati kiradi. 

Buxoro davlat universitetining mazkur reytingda yuqori o‘rin egallashi universitetning ilmiy salohiyati, ijtimoiy mas’uliyati va atrof-muhitga bo‘lgan e’tiborining amaliy isboti hisoblanadi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.