English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Buxoro bug‘usi”ni noqonuniy ovlagan fuqarolar ushlandi
09:25 / 2022-03-03

Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Beruniy tumani Ichki ishlar bo‘limi hamda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida “Buxoro bug‘usi”ni noqonuniy ravishda ovlagan Beruniy tumanida yashovchi Sh.A. va M.K. ismli fuqarolar ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular oldindan jinoiy til biriktirib, davlat raqami belgisi bo‘lmagan qizil rangli tirkamali “IJ” rusumli mototsikl bilan Sh.A.ga tegishli ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan “TOZ” rusumli, 2x16 kalibrli ov quroli yordamida Beruniy tumani “Biybozor” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ichki yo‘l bo‘yida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan 1 bosh “Buxoro bug‘usi”ni otib o‘ldirgan. Natijada O‘zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosiga 40 million 500 ming so‘mlik ancha miqdordagi moddiy zarar keltirgan.

Ushbu holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasi 3-qismi “j” bandi va 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA