Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro aziz mehmonlarni kutib olishga shay
14:19 / 2023-02-24

Joriy yilning 22–28 fevral kunlari yurtimizda III xalqaro Naqshbandiya turizm festivali o‘tkazilmoqda. Festivalda Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Suriya, Fransiya, Shveysariya, Portugaliya, Rossiya, Bangladesh va boshqa davlatlardan 100 dan ortiq dunyoga mashhur olimlar, din, fan va jamoat arboblari, shuningdek, turizm sohasi vakillari ishtirok etmoqda.

Festival doirasida Buxoroda ham bir qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirga tayyorgarlik ayni avjida. Turizm, ayniqsa, ziyorat turizmini rivojlantirish borasida davlatimiz rahbari tomonidan olib borilgan islohotlar samarasi o‘laroq, bugun mamlakatimizning muqaddas qadamjolari yana qayta ta’mirlanib, zamon talablariga mos xizmat turlari bilan boyitildi. Viza tizimining bekor qilinishi, milliy konvertatsiyalarning osonlashtirilishi, transport va mehmonxonalar sohasida bojxona to‘lovlarining bekor qilinishi sayyohlar oqimining ko‘payishida muhim omil bo‘ldi.  

2022 yil yakuni bo‘yicha oladigan bo‘lsak, viloyatga kelgan uch millionga yaqin sayyohning aksariyati ziyorat maqsadida kelgan. III xalqaro Naqshbandiya turizm festivali ham ayni soha rivoji yo‘lida yana bir muhim tashabbusdir.  

–Festival doirasida konferensiya bo‘lib o‘tadi, – deydi Buxoro viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bobir To‘qsanov, – Birinchi kun kutib olinadi. Yetti pir bo‘ylab ziyorat kilinadi. Tarixiy obidalar buylab sayyohat amalga oshiriladi.  

Festivalni ko‘ngildagidek o‘tkazish uchun barcha zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Jumladan, viloyat hokimligi tomonidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Ziyorat ob’ektlari sayohlarni qabul qilish uchun tayyor holga keltirildi.  

[gallery-10693]

– Bahouddin Naqshband ziyoratgohida ham bir qator obodonchilik-qurilish ishlari amalga oshirilyapti, – deydi “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi markazi raisi Farmon Aminov. – Majmua festival doirasida amalga oshiriladigan barcha tadbirlarga tayyor. Festivalning Buxoroda bo‘lib o‘tadigan tadbirlari doirasida mehmonlarning Labi hovuz, Ark majmualari, Mir Arab madrasasi, Bolohovuz, Sayfiddin Boxarziy, Xoja Hafs Kabir qadamjolariga sayohat qilishlari ham rejalashtirilgan. Qadim ma’naviyat beshiklaridan bo‘lgan Buxoro aziz mehmonlarni kutib olishga shay.  

Zarif Komilov,  

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA