Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxgalter va iqtisodchilar malaka oshirdi
17:59 / 2021-08-10

Navoiy davlat pedagogika instituti Axborot resurs markazida “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi tashabbusi bilan fondning Navoiy va Buxoro viloyat bo‘lim va bo‘linmalarida faoliyat olib borayotgan katta hisobchilar va iqtisodchilari uchun “Moliya va buxgalteriya hisobi hamda hisobotini yuritish uslublari” mavzusida ikki kunlik o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Unda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi ijro apparati xodimlari, Navoiy viloyat Adliya, Soliq, Statistika hamda Moliya bosh boshqarmalari mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad, fond tizimida faoliyat yuritayotgan hisobchilar va iqtisodchilarni buxgalteriya va moliya sohasidagi bilim va malakalarini oshirish, axborot texnologiyalarga asoslangan zamonaviy buxgalteriya asoslarini o‘rgatish va joriy etish, qog‘ozbozlikni kamaytirish ish sifatini yaxshilash, shaffoflikni ta’minlashdan iborat.

Ikki kun davom etgan o‘quv-seminarida “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobini 21-son BHMS” usullari, buxgalteriya hisobining schyotlari rejasini qo‘llash, 1-Uz dasturda” smeta hamda tovar moddiy boyliklarni yuritish tartibi, birlamchi buxgalteriya hujjatlarini yuritish, buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari, soliq organiga hisobotni topshiruvchi tashkilotlarning yillik hisobotini to‘liq va sifatli topshirish, moliya va buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, yuridik shaxslar (nodavlat tashkilotlar misolida) statistik hisobotlarni topshirish yuzasidan tushunchalar berildi.  

Seminar yakunida tinglovchilarga o‘zlashtirgan bilim va malakasini mustahkamlash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlaridan muvaffaqqiyatli o‘tgan tinglovchilarga fond Respublika boshqaruvining sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA