Farg‘ona viloyati Buvayda tumani «Dodxo» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi bunyod etilgan zamonaviy turar joy majmuasi foydalanishga topshirildi.
bugungi kunda viloyatning eng chekka hududlarida ham shahardan qolishmaydigan sharoitlarga ega massivlar barpo etilmoqda. Aholining ehtiyojidan kelib chiqqan holda yangi uy-joylar qurilib, hudud yanada chiroy ochmoqda. Joriy yilda 97 ta 2 ming 760 xonadonli ko‘p qavatli uy-joy qurilyapti. Shuningdek, viloyat hokimining tashabbusi bilan qo‘shimcha shahar va tumanlarda xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan 193 ta ko‘p qavatli 6 ming 369 xonadonli uy-joylar qurilishi yakunlanyapti. Mazkur majmua Baxtiyor Vallomov rahbarligidagi «Fayz Binokor Oltiariq» xususiy qurilish-montaj korxonasi tomonidan qisqa muddatda qurib bitkazildi.
[gallery-4926]
Jami 234 xonadondan iborat 4 ta 6 qavatli turar joy o‘zida bolalar maydonchasi, sport maydonchasi, avtoturargohlarni mujassam qilgan. Majmuaga joriy yil boshida tamal toshi qo‘yilgan edi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov katta shaharlardagidan qolishmaydigan ushbu turar joy majmuasi davlatimiz rahbarining so‘nggi besh yil ichida olib borayotgan islohotlarining yana bir natijasi ekanini qayd etdi. Uy sohiblarini zamonaviy maskan bilan tabrikladi.
M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat), O‘zA